Bugun, 6-mart kuni Samarqandda yogʻingarchilik kutilmoqda

Samarqand viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrga yetadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja issiq boʻladi.
Viloyatimizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.