Tadbirda “Nuroniy” jamg‘armasi respublika boshqaruvi bo‘lim boshlig‘i Majid Umarov, “Nuroniy” jamg‘armasi Samarqand viloyat bo‘limi kengashi raisi Shuhrat Negmatov va tarix fakulteti professor-o’qituvchilari ishtirok etdi.

    Faxriy mehmonlar ishtirokchilarga o’zining bosib o’tgan yo’llari, hayot tajribasi haqida gapirib berdi. Shuningdek, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar to’g’risida to’xtaldi.

    Ishtirokchilar uchrashuvning mazmun mohiyati hamda bu kabi tadbirlarning yoshlar tarbiyasida tutgan o’rni bo’yicha fikr-mulohazalarini bildirdi.

Samarqand davlat universiteti

  Axborot xizmati.