Samarqand davlat universiteti Xitoyning yetakchi ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlik qiladi…
Samarqand davlat universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining tinchlik va qurolsizlanish assotsiatsiyasi bosh kotibi o’rinbosari G-ja Chen Syaoxan boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlar bilan SamDU xalqaro hamkorlik ishlari bo‘yicha prorektori Akmal Axatov uchrashuv o’tkazdi.
Tashrifdan asosiy maqsad SamDU qoshidagi Xitoy ta’limi va madaniyati markazi faoliyati bilan tanishishdir. Shuningdek, SamDU bilan xalqaro va ilmiy hamkorlik aloqalarini yanada yaxshilash ko’zda tutilgan.
Muzokaralar davomida SamDU da aniq va tabiiy fanlar yo’nalishida olib borilayotgan tadqiqotlarini xitoy olimlari tajriba almashish maqsadida kelib o’rganishga kelishildi. Qolaversa, Xitoyning yetakchi tadqiqot markazlari bilan SamDU professor-o’qituvchilari hamkorlikda xalqaro loyihalar ishlash bo’yicha so’z yuritildi.
Tashrif davomida delegatsiya vakillari SamDU Xitoy ta’limi va madaniyati markazi bilan yaqindan tanishib, ularning faoliyatiga yuqori baho berdi.
G-ja Chen Syaoxan markaz faoliyatini yanada yaxshilash uchun turli xil adabiyotlar, asbob-uskunalar, ko’rgazma materiallari sovg’a qilishini ta’kidladi. Shuningdek, ushbu markazda xitoylik olimlar bilan hamkorlikda ma’ruza va seminarlar o’tkazish rejalashtirildi.
Uchrashuv so’ngida delegatsiya vakillari Konfutsiy maydonini ko’zdan kechirib, maydon did bilan bezatilganligi va har bir belgi nafislik bilan ishlanganligini alohida e’tirof etdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.