Samarqand davlat universitetida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori, filologiya fanlari doktori Dilnavoz Yusupova ishtirokida “Sharq mumtoz poetikasi va Alisher Navoiy ijodi” mavzusida ilmiy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

    Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari, talaba va magistrlari ishtirokida qizg‘in o‘tgan uchrashuvda professor Dilnavoz Yusupova Alisher Navoiy ijodi bilan bog‘liq bir qator muhim mavzularda ma’lumotlar berdi. Adabiyotimizning yetuk siymosi, turkiy tilning boy imkoniyat va nafosatini o‘z ijod namunalarida mujassamlagan shoir, hazrat Alisher Navoiyning Sharq mumtoz poetikasi rivojiga qo‘shgan hissasi haqida to’xtalar ekan, yoshlarning Navoiyni chuqur va puxta o‘rganishi ilm-ma’rifat sirlarini keng egallashida muhim omil ekanligini alohida ta’kidladi.

    Samarqand davlat universiteti
    Axborot xizmati.
    Shavkat Akramov olgan suratlar