Samarqand davlat universiteti Turkologiya ilmiy-tadqiqot institutiga Turkiyaning Samarqanddagi Bosh konsuli Salih Janer tashrif buyurdi…
Bosh kunsul Turkologiya ilmiy-tadqiqot institutida tashkil etilgan turk tili markazi faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, o‘zbek va turk xalqlari o’rtasidagi azaliy qadriyatlar, uyg‘un madaniyat va tarix namunalari, xalqaro aloqalar haqida ma’lumot berish bilan bir qatorda, markazda til o‘rganib, o‘qishini Turkiyada davom ettirish istagida bo‘lgan yoshlar uchun Turkiya oliy ta’lim muassasalarida o‘qish imkoniyatlari bo‘yicha taqdimot qildi.
Uchrashuv davomida tinglovchilar mavzuga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.
Shavkat Akramov olgan suratlar.