Samarqand davlat universiteti o’quv ishlari bo’yicha prorektori Rustam Yo’ldoshev kimyo, inson resurslarini boshqarish, filologiya, geografiya va ekologiya fakulteti talabalari ochiq muloqot o’tkazdi.

    Birinchi va ikkinchi kurs talabalari ishtirok etgan tadbirda o’quv jarayonlari, kredit modul tizimi, chet tilini o’rganish va mustaqil ta’limning afzalliklari bo’yicha so’z yuritildi. Shuningdek, ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning mohiyati tushuntirildi.

    Rustam Yo’ldoshev chet tilini o’rganish bugun kun tartibiga chiqqanligi, xorijiy tillarni o’rganish jahonga chiqish kaliti ekanligini alohida e’tirof etdi.

    Shuningdek, chet tilini o’rganish bo’yicha Samarqand davlat universitetida yaratilgan sharoitlar haqida to’xtaldi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.