Samarqand davlat universiteti va Puatye universiteti hamkorligi…
![](https://www.samdu.uz/upload/cover-images/64188b7fe1964-64188b7fe1967-64188b7fe1968-64188b7fe1969.jpg)
Samarqand davlat universitetiga Puatye universitetining (Fransiya) xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Kristin Fernandez va magistratura bo‘limi mas’ul xodimi Brijit Vanniyelar tashrif buyurdi.
Mehmonlar bilan SamDU xalqaro hamkorlik ishlari bo‘yicha prorektori, professor Akmal Axatov uchrashdi.
Tashrifdan asosiy maqsad hamkorlikda biomuhandislik va IT-informatsion texnologiyalar yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturida magistratura bosqichi uchun o‘quv dasturlarini muhokama qilish va kelgusida magistratura bosqichi uchun qo’shma ta’lim tashkil etish. Shuningdek, xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, professor-o’qituvchi va talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish nazarda tutilgan.
Muzokaralar davomida tomonlar o'rtasida tadqiqotchilar qo’shma ta’lim dasturlari bo’yicha doktorantura bosqichida SamDU va Puatye universitetida ilmiy izlanishlar olib borish to’g’risida fikr almashildi.
Fransiyalik mehmonlar tashrif mobaynida Samarqand davlat universitetining ilmiy laboratoriyalari va muzeylari bilan tanishdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.