Samarqand davlat universiteti intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti zamonaviy binosining ochilish marosimi o’tkazildi…
Anjumanda Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov, SamDU prorektorlari, boshqarma va bo’lim boshliqlari hamda ilmiy jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Marosimni SamDU rektori Rustam Xolmurodov kirish so’zi bilan ochib, yangicha shakl va mazmunda faoliyat ko’rsatayotgan fakultet bilan universitet jamoasini tabrikladi...
Shundan so’ng SamDU professor-o’qituvchilari va mehmonlar intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti faoliyati bilan tanishdi.
Marosim so’ngida mehmonlarga dasturxon yozildi…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.