Samarqand davlat universitetida “Sun’iy intellekt va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” nomli xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda…
Samarqand davlat universiteti, Hindistonning Galgotias, IILM universitetlari hamda Janubiy Koreyaning Samsung ilg‘or texnologiya instituti bilan hamkorlikda mazkur ajuman tashkil etilgan.
Konferensiyaning asosiy maqsadi sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish, axborot texnologiyalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishni jadallashtirishdan iborat. Shuningdek, sun’iy intellekt algoritmlarini ishlab chiqish muammolari va ilmga asoslangan yechimlariga qaratilgan masalalarni muhokama qilish va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash ko‘zda tutilgan.
Yaponiya, Rossiya, Hindiston, Belarus, Janubiy Koreya, Ispaniya kabi davlatlardan 30 nafarga yaqin xorijlik olimlar nufuzli anjumanda qatnashdi.
Olimlar tomonidan sun’iy intellekt uchun mashinaviy o‘qitish algoritmlarini takomillashtirish, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni bashoratlash asosida boshqarishni avtomatlashtirish, blokcheyn texnologiyalari asosida ma’lumotlar ishonchliligini oshirish, kompyuterli modellashtirish, tasvirlarni tanib olish va IoT texnologiyalarni jadallashtirish muammolari ko‘rib chiqildi. Konferensiya sun’iy intellekt texnologiyalarini ijtimoiy soha va insoniyat olamiga taʼsiri, sun’iy intellekt va axborot texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha muammolarni bartaraf etishda maqbul islohotlar va strategiyalarni ishlab chiqish kabi yo‘nalishlarda ish olib bormoqda.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.