samarkandnews.uz axborot saytida eʼlon qilingan “Talabalar turarjoyi muammolarinomli xabar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

    Samarqand davlat universitetining ijarada turuvchi talabalari yoki ular ijarada turadigan xonadon egalari www.my.gov.uz portali orqali ariza topshirishlari va shartnoma guvohnomasini olishlari kerak. Buning uchun One.ID portali orqali kalit ochilishi zarur bo‘lib, ko‘pchilik hollarda xonadon egalari ana shu kalit uchun qilinadigan to‘lovlarni amalga oshirishi shart.      

    Ijara shartnoma tuzib berish, soliq organlariga onlayn ro‘yxatga qo‘yish narxlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Soliq-servis” davlat unitar korxonasi (DUK) tomonidan tasdiqlangan preyskurant bo‘yicha aslida 85 ming so‘m. Talabalarga moddiy yordam bo‘lishi uchun bu mablag‘ 50 ming so‘m qilib belgilangan.

    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti ijarada turuvchi talabalar uchun zarur hujjatlarni tayyorlab bergan, buning uchun ulardan hech qanday to‘lov talab qilingani yo‘q. Universitet uyini ijaraga bergan xonadon egalari uchun ushbu mablag‘larni soliq organlariga to‘lab berish majburiyatini olmagan va o‘z navbatida bu amaldagi qonunchilikka ziddir.

    Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati barcha OAV uchun ochiq. Noxolis axborotlarni tarqatish maqsadga muvofiq emas. Axborotlarni chuqurroq o‘rganib, keyin ommaga taqdim etishni tavsiya etamiz. Bu borada hamkorlik qilishga tayyormiz.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.