Samarqand davlat universiteti Turkiyaning Burdur Mehmet Akif Ersoy universiteti bilan hamkorlik qiladi…
Samarqand davlat universitetiga Ikkinchi O’zbekiston-Turkiya ta’lim forumi doirasida Burdur Mehmet Akif Ersoy universiteti rektori Huseyin Dalgar tashrif buyurdi. Martabali mehmon bilan SamDU rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov uchrashdi.
Muloqotda xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o‘rtasida agrobiotexnologiyalar, kimyo, fizika, oziq-ovqat, qishloq xo’jaligi sohalarida tadqiqotlar olib borishga kelishildi.
Shuningdek, qo‘shma magistratura yo‘nalishlarini tashkil etish, arxeologiya yaylovchilik borasida hamkorlik qilish bo‘yicha fikr almashildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.