Samarqand davlat universiteti va Qirgʻiziston-Turkiya Manas universiteti hamkorligi…
Samarqand davlat universiteti Turkologiya ilmiy tadqiqot instituti direktori Rohila Ro'zmonova hamda filologiya fakulteti o'zbek adabiyoti tarixi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori Nazmiya Muhiddinovalar Qirgʻiziston-Turkiya Manas universitetida xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda.
Filolog olimlar konferensiya doirasida Qirgʻiziston-Turkiya Manas universiteti rektori professor Alpaslan Jeylan bilan uchrashdi. Muloqotda tomonlar o’rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, SamDU Turkologiya ilmiy tadqiqot instituti, filologiya fakultetlari bilan qo’shma loyihalar ishlash, madaniy aloqalarni yo’lga qo’yishga kelishib olindi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.