Samarqand davlat universitetiga Istanbul tijorat universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori, professor Hakan HOCAOĞLU boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. 

    Mehmonlar bilan Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi , Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov uchrashdi. 

    Muloqotda hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o‘rtasida iqtisod, inson resurslarini boshqarish, moliya sohalarida tadqiqotlar olib borishga kelishildi.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar