Samarqand davlat universiteti: “Antropogen landshaftshunoslik: tadqiqot metodlari, modernizatsiya va barqaror rivojlanish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi...
Ilmiy-amaliy anjuman O‘zbekistondagi “Antropogen landshaftshunoslik” ilmiy maktabi asoschisi, geografiya fanlari doktori, professor, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Ali Abdulqosimovning 90 yillik yubileyiga bag‘ishlandi.
Nufuzli anjumanda Hindiston, Germaniya, Polsha, Ruminiya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belorussiya davlatlaridan 50 ga yaqin olimlar ishtirok etdi.
Konferensiya yalpi majlisini Samarqand davlat universitet rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov kirish so‘zi bilan ochdi.
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning antropogen landshaftshunoslik maktabi asoschisi, professor Ali Abdulqosimovni 90 yillik yubileyi munosabati bilan yo‘llagan tabrigini viloyat hokimi o‘rinbosari Husan To‘xtayev o‘qib eshittirdi. Hamda olimga esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Anjumanda Moskva davlat universiteti professori, geografiya fanlar doktori Viktoriya Bityukova, Tatariston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Yer osti boyliklaridan foydalanish, tabiiy resurslar va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i, geografiya fanlari nomzodi Marat Fasxutdinov, Germaniyaning A.Gumboldt nomidagi Berlin universiteti dotsenti Saveliy Kuzmin va bir qator xorijiy olimlarning ma’ruzalari tinglandi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati