Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti talabalari Zarafshon tog’ tizmasi hududidagi “Malakaviy amaliyot va sog’lomlashtirish oromgohi” da dala amaliyotini o’tamoqda.

    Amaliyot davomida Chaqilkalon tog‘i va Omonqo‘ton milliy tabiat bog’i, Omonqo‘tonsoy bo‘ylab, hududning tabiati, geologiyasi, geokomplekslari, topografik xaritasi, ekoturistik marshrutlar, xizmat ko’rsatish sohalari, sanoat korxonalari faoliyati o’rganilmoqda.