Samarqand davlat universiteti 2023/2024-o‘quv yilida kunduzgi ta’lim shakli uchun mutaxassislik fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari va bitiruv malakaviy ish himoyalarini o‘tkazish jadvali e'lon qilindi...

    Jadvalni ko’rish (pdf)

    Bitiruvchi kurs talabalariga eslatma!

    Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlariga talabalar shaxsini tasdiqlovchi pasport (ID-karta) bilan kelishlari shart!

    Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlariga talabalarning shaxsi tasdiqlanmagan va kechikib kelgan holatda imtihonga qo‘yilmaydi!

    Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari jarayonida talabalar mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilgan talabalar, Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovidan chetlatiladi. Shuningdek, savollar materiallarini boshqa talabalarga uzatish, yordam berish hamda bir-biri bilan gaplashish, savol materiallariga ziyon yetkazish, hududdan tashqariga olib chiqish, Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugaganidan so‘ng bajargan materiallarini topshirishdan bosh tortish sizni Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlaridan chetlatishga asos bo‘ladi.

 

Samarqand davlat universiteti

O’quv uslubiy boshqarmasi