Samarqand davlat universiteti: Yaponiyalik olimlar bilan hamkorlikning yangi davri boshlandi...
Samarqand davlat universitetiga Yaponiyaning Kioto universiteti professori, O‘zbekiston-Yaponiya SATREPS loyihasining rahbari, Kenji Tanaka hamda Miye universiteti professorlari Matsuo Naoko va Kristina Toderichlar tashrif buyurdi.
Martabali mehmonlar bilan Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov uchrashdi.
Muloqotda qishloq xo‘jaligi, agrobiotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi sohalari bo‘yicha xalqaro loyihalarni amalga oshirishga kelishildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.