Samarqand davlat universitetiga Janubiy Koreyaning Yongnam universiteti professori Byong Von Li tashrif buyurdi.

    Koreyalik olim bilan Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov uchrashdi.

    Muloqotda Saemaul ta'limoti ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini rivojlantish, hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borish masalalari muhokama qilindi.

     “Saemaul va Mahalla ta’limotining uyg‘unligi” mavzusi doirasida qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish va ularni nashr etish hamda tajriba almashish rejalashtirildi.

    SamDU bitiruvchilari Yongnam universitetida magistraturada o’qishini davom ettirishi va sifatli ta’lim olishini ta’minlash bo’yicha muzokaralar olib borildi.  Shuningdek, SamDU tadqiqotchilariga Yongnam universitetidan professor-o’qituvchilarni jalb etiladigan bo’ldi.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.