O‘zbekiston-Qirg‘iziston rektorlarining II forumi o’tkazilmoqda…
Nufuzli anjumanda ikki davlat oliy taʼlim muassasalari rektorlari va professor-oʻqituvchilari ishtirok etmoqda.
Forumni Oʻzbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov va Qirgʻiziston Oliy taʼlim va fan vaziri Dogdurkul Kendirbayeva kirish so’zi bilan ochdi.
Ikki kun davom etadigan anjumanda tomonlamarning samarali hamkorlik bitimlari imzolanishi kutilmoqda.
Forumda ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari oʻrtasida aloqalarni yo‘lga qoʻyish, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish, stajirovka o‘tash, malaka oshirish va ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirish, turizm, geologiya, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, raqamlashtirish va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilinmoqda.
Tadbir doirasida Samarqand davlat universiteti, Razzoqov nomidagi Qirg'iziston davlat texnika universtiteti bilan hamkorlik memorandumini imzolashi kutilmoqda…
Ma’lumot uchun, Samarqand davlat universiteti 2023-yil 17-oktabr kuni Qirg’iziston davlat universiteti va 2024-yil 25-mart kuni Qirg’iziston Milliy universiteti bilan hamkorlik shartnomalarini imzolagan edi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.