Prezident Sh. Mirziyoyevning Yoshlar Forumida O‘zbekiston Talabalar assotsiatsiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi topshirig‘idan kelib chiqib, hozircha Samarqand viloyatidagi barcha OTM talabalarini birlashtiruvchi O‘zbekiston talabalar assotsiatsiyasi ish boshladi. Samarqand davlat universitetida Talabalar assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lish istagidagi tashabbuskor, faol yoshlarning ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va O‘zbekiston talabalar assotsiatsiyasi faoliyatiga start berildi.
Tadbirda Samarqand davlat universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Muxtor Nosirov, Samarqand davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Aminjon Aymatov ishtirok etdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston talabalar assotsiatsiyasining nizomi taqdim etildi, tashkilot faoliyatining asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi, tegishli yo‘nalishlar belgilab olindi. Assotsiatsiya a’zolariga O‘zbekiston talabalar assotsiatsiyasi logotipini yaratish taklif qilindi.
O‘zbekiston talabalar assotsiatsiyasining prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Samarqand davlat universiti talabasi Kamilla Mardanova tayinlandi.