Oziq-ovqat sifatida maymunjonni iste’mol qiling…
Samarqand davlat universiteti o’simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi doktoranti Noila Jumaqulova.
Tadqiqotchi Samarqand sharoitida maymunjon o’simligining morfofiziologik va biokimyoviy xususiyatlarini o’rganmoqda.
Dissertantning ilmiy rahbari SamDU professori Flora Kabulova. Xorijlik maslahatchi sifatida Umumrossiya meva ekinlari seleksiyasi tadqiqot instituti professori Lidiya Grunyer jalb etilgan.
Noila Jumaqulovaning 20 ga yaqin maqolasi xalqaro jurnal va konferensiya to’plamlarida nashr etilgan. Ingli tilini bilish bo’yicha milliy sertifikatga ega.
Tadqiqotchi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 333 million so’mlik grantini qo’lga kiritgan.
Grantning maqsadi O’zbekiston hududida tikansiz maymunjon ko’chatlarini ko’paytirish, plantatsiyalarini tashkil etishga qaratilgan. Shuningdek, dehqon fermer xo’jaligi va mahaliy aholiga yetkazib berishni ko’zda tutgan.
- Xalq tabobatida maymunjonning xom mevasidan zotiljam kasalligini, bargidan tayyorlangan qiyomdan esa tomoq og‘rig‘ini davolashda foydalaniladi, - deydi Noila Jumaqulova. - Bundan tashqari mevasi, barglari, yosh novdalari, gullari, ildizi ham qo‘llaniladi. Qadimiy Gretsiyada 2000 yil avval mevasidan dorivor vosita sifatida, chanqoqni qondirish, tana haroratni tushurishda, turli kasalliklardan so‘ng organizmni tiklanishiga yordam berishda foydalanilgan. Oshqozon-ichak tizimi faoliyatini yaxshilaydi, asab tizimini mustahkamlaydi va uyquni meyorlashtiradi .Fikrlash qobiliyati va xotirani mustahkamlashda antioksidantlar organizmdan zararli toksinlarni chiqib ketishda yordam beradi. Oziq-ovqat sanoatida turli konfetlar, yoqimli likyor, alkogolsiz ichimliklar, limonadlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Maymunjon rivojlanishining turli bosqichlarida shifobaxsh ta’sirga ega bo‘lishi, ya’ni pishgan rezavorlar tashuvchilik vazifasini bajaradi va yashil rezavorlar, aksincha, ovqat hazm qilish xususiyatiga ega. Shuning uchun oziq-ovqat sifatida maymunjonni iste’mol qilish foydalidir.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.