Oliy Majlis Senatining 
Mudofaa va xavfsizlik masalalari 
qo‘mitasi raisi Q.N Burhonovga! 

Hurmatli Qutbiddin Nukritdinovich!


Tug‘ilgan kuningiz bilan samimiy tabriklayman. Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, ma’suliyatli va sharafli ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Siz O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati faoliyatini yanada yaxshilash, xalq bilan Senat o‘rtasida doimiy muloqot o‘rnatish borasida ham e’tiborga sazovor ishlarni amalga oshirib kelmoqdasiz.
Sizning siymongizda biz halol, to‘g‘ri so‘z, dovyurak, elparvar insonni ko‘ramiz va yoshlarimizni Sizdan ibrat olishga chaqiramiz.
Alloh umringizga, rizqingizga, kasbingizga baraka bersin. Hamisha Allohning panohida bo‘ling.


Rustam XOLMURODOV,
Samarqand davlat universiteti rektori,
O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi,
Oliy Majlis Senati a’zosi.