Samarqand davlat universiteti entomolog olimlari tomonidan hasharotlarning fan uchun 2 ta yangi turlari topildi.  

    Olimlar bu haqida Scopus bazasida indekslanuvchi (Q2) “Acta Biologica Sibirica” jurnalida e’lon qilgan.

    Maqola mualliflari Samarqand davlat universiteti zoologiya kafedrasi mudiri, professor Abdurashid Jabborov, dotsentlar Erkin Abdullayev, Fazliddin Halimov, PhD lar Rafik Hamzayev, Muhammadto’ychi Rahimov, Asolat Hamidova, doktorant Feruz Shodmonov, magistrant Sobitxon Mamanovlardir.

    Maqola “Review of the genus Dioctria Meigen, 1803 (Diptera: Asilidae) in Uzbekistan with the description of two new species” deb nomlangan.

    Hasharotlardan biri dotsent Erkin Abdullayev sharafiga Dioctria abdullayevi Mamanov et Rakhimov 2024” va ikkinchisi, ushbu tur topilgan joy Hisor tizmasi nomiga, ya’ni Dioctria hissarica Mamanov et Rakhimov 2024” deb nomlandi.

    Ushbu maqola magistrant Sobitxon Mamanovning ilmiy tadqiqot ishlaridan kelib chiqib tayyorlangan.

    Ma’lumot uchun, 2020-yil PhD Muhammadto’ychi Rahimov tomonidan O’zbekiston hududidan “Eumerus bilobatus” nomli yangi pashsha turi topilgan edi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.