Ehtiyot bo’ling!
Axborotlashtirish obyektini zararli fayl bilan zararlanishi tashkilotning axborot-kommunikatsiya infratuzilmasida mavjud tijoraat sirlari, konfidensial ma'lumotlar, xodimlarning shaxsiy ma'lumotlari va boshqa turdagi ma'lumotlarni katta hajmda sizib chiqishi, shuningdek boshqa salbiy holatlarni yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin.
Tashkilot yoki uning xodimlarini zararli fayldan zararlanish yoki biror bir manba orqali ularga kelib tushish holatlari kuzatilganda "Kiberxavfsizlik markazi" davlat unitar korxonasini xabardor qilishingizni so'ragan holda birlamchi bartaraf etish va zararni kamaytirish choralari sifatida quyidagilarni amalga oshirish tavsiya etiladi:
- dasturni ishga tushirmaslik va tarqatmaslik;
-zararlangan axborotlashtirish obyektini umumiy axborot-kommunikatsiya infratuzilmasidan ajratish;
-axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi va undagi axborotlashtirish obyektlarida himoya vositalarini, jumladan antivirus dasturiy ta'minotini o'rnatish, shuningdek himoya vositalarining versiyasi va signaturalar bazasini dolzarbligini ta'minlash.