Samarqand davlat universitetida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibi Doniyorbek Qurbonov va Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindori Shohboz Bo'ronovlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Isteʼdodli yoshlarni Samarqand davlat universiteti prorektorlari Ahmadjon Soliyev, Hakim Xushvaqtov, Akmal Axatovlar tabrikladi.

Ahmadjon Soliyev, Samarqand davlat universiteti o’quv ishlari bo’yicha birinchi prorektori:

- Sizlar universitetimizning faxr-iftixorisiz. Minglab yoshlarning orasidan saralab olingan, Vatanning ertangi kun umidlarisiz. Sizga havas qiladiganlar soni yana-da ortishiga ishonaman. Aslida talaba uchun mazkur stipendiyalar eng oliy mukofot, eʼtirof hisoblanadi. Siz bundan-da faol, fidoyi bo‘lishingiz kerak. Hayot aslida kurashdan, intilishdan, izlanishdan, harakatdan iborat. Ilm-fanning eng yuqori cho‘qqilarini zabt etishingizga ishonaman. Sizlarning orangizdan kelgusida dunyo tan olgan allomalar, fan va jamoat arboblari yetishib chiqishi ishonaman. Samarqand davlat universitetining shon-shuhrati uchun butun kuch g‘ayratingizni safarbar eting. Yo‘lingiz yorug‘, iqbolingiz porloq bo‘lsin...

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.