Samarqand davlat universiteti talabalari o‘rtasida “Hayotimni o‘zgartirgan asar” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida o‘tkaziladigan Yoshlar festivali doirasida “Hayotimni o‘zgartirgan asar” tanlovi o‘tkaziladi.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar fakultet yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga murojaat qilishlari so‘raladi.