Tadbirda universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Ahmadjon Soliyev, institut direktorlar, fakultet dekanlari hamda kafedra mudirlari ishtirok etdi.

    Yig‘ilish davomida talabalarning mustaqil ta’lim bilan shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish kabi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, talabalar bilim olish jarayonida duch kelayotgan muammolar, mustaqil ta’lim materiallarining yetarli darajada taqdim etilishi va ularning amaliy qo‘llanilishi yuzasidan fikr almashildi.

    Prorektor yig‘ilish ishtirokchilariga talabalar mustaqil ta’limini rivojlantirish bo‘yicha bir qator muhim tavsiyalar va topshiriqlar berdi. Xususan, quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi:

- Talabalarga mustaqil ta’lim olish bo‘yicha zamonaviy metodik qo‘llanmalar va elektron resurslarni taqdim etish;
- Universitet kutubxonalari va elektron ta’lim platformalarining imkoniyatlarini kengaytirish;
- Fan o‘qituvchilari va talabalar o‘rtasida samarali mentorlik tizimini yo‘lga qo‘yish;
- Mustaqil ta’lim jarayonida ilg‘or tajribalarni qo‘llash va chet el universitetlari bilan hamkorlikni rivojlantirish;
- Talabalar tomonidan mustaqil bajarilgan ilmiy va ijodiy ishlarni rag‘batlantirish va natijalarini amaliyotga tadbiq etish.

    Shuningdek, yig‘ilish davomida fakultet dekanlari va kafedra mudirlariga ushbu masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar asosida kelgusi reja va takliflar shakllantirildi.

    Mazkur yig‘ilish SamDUda ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim qadam bo‘lib, kelgusida talabalar bilim olish jarayonini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.