Pastdarg‘om tumani ixtisoslashtirilgan maktabining iqtidorli o‘quvchilari Samarqand davlat universitetining matematika hamda intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakultetida bo’lishdi.

    Matematika fakultetida o‘quvchilar akademik Saidahmat Laqayev bilan uchrashib, ilmiy yo‘nalishlar va istiqbolli loyihalar haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

    Fakultetlar bo‘ylab sayohat davomida o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, zamonaviy laboratoriyalar, kompyuter sinflari, IT-markaz faoliyati hamda qabul jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

    Bu tashrif yoshlarni ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, ularning kelajakdagi ta’lim va kasb tanlash yo‘nalishlarida muhim qadam bo‘ldi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.