Samarqand davlat universiteti kimyo fakultetida 5 ta kafedra mavjud bo‘lib, ularda 30 ga yaqin ayol o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Fakultet laboratoriyalarida kimyo fanining muhim bo‘limlari: noorganik, organik, analitik, fizikaviy  va kolloid kimyo fanlari bo‘yicha tadqiqotlar olib boriladi. Samarqandlik kimyogar olimalar yangi ixtisosliklar bo‘yicha yetuk kimyogar mutaxassislar tayyorlash, fanning hali o‘rganilmagan sohalarida ilmiy tadqiqot olib borib, yangi ilmiy kashfiyotlar qilish uchun tinmay izlanmoqdalar.

    Ushbu tadqiqotlar doirasida O‘zRFA qoshidagi ilmiy tadqiqot institutlari, respublikamiz va xorijdagi 40 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy tadqiqot markazlari bilan o‘zaro samarali hamkorlik o‘rnatilgan.

    Muxtasar aytganda, kimyo ilmi nihoyatda chek-chegarasiz, sir-sinoatlarga boy. Universitetdagi har bir kimyoviy tadqiqot bu sir-sinoatlarni yechishda o‘ziga xos qadam bo‘ladi. Olima ayollarning kimyo ilmida hali o‘rganilmagan muammolarni tadqiq etish va fanga olib kirish borasida tutgan ahamiyati nihoyatda katta.

 

Iroda Bekmurodova

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi.

Shavkat Akramov olgan suratlar.