Prezidentning tegishli farmoyishiga asosan, 2022/2023 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari quyidagicha tasdiqlandi:

    a) bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

    kunduzgi ta’lim shakliga – 77 477 nafar;

    sirtqi ta’lim shakliga – 26 095 nafar;

    kechki ta’lim shakliga – 3 725 nafar;

    masofaviy ta’lim shakliga – 3 410 nafar;

    b) magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 10 688 nafar.

    Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlarining kuzatuv kengashlariga hamda qabul parametrlarini Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlash vakolati berilgan oliy ta’lim tashkilotlariga tegishli qabul parametrlarini 2022-yil 20-iyunga qadar tasdiqlash tavsiya etildi.