Rasman: endi abituriyentlarga ta'lim shaklini (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy) tanlash huquqi beriladi

Joriy yil ham 5 tagacha yo‘nalish tanlash mumkin, faqat endilikda abituriyent turli ta’lim shaklini (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy) tanlashiga ham ruxsat beriladi.
Prezident qaroriga ko‘ra, abituriyentlarga:
- test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini hamda bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlash huquqi beriladi;
- ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik to‘lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi.