Bugun  Samarqand davlat universiteti falsafa va milliy g’oya kafedrasi mudiri, professor Sayimnazar Karimovning tavallud topgan kuni.

    Falsafa fanlari doktori, professor Sayimnazar Karimov 1956-yil Ishtixon tumanida tug’ilgan. 66 yoshni qarshi olgan olim 44 yildan buyon Samarqand davlat universitetida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
    Samarqand davlat universiteti jamoasi Sayimnazar Karimovni samimiy muborakbod etib, ijodiy ishlariga muvaffaqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.

 

 Samarqand davlat universiteti

Faxriylar kengashi