– Dunyo keyingi yillarda nihoyatda tez o‘zgarib, shiddat bilan yangilanib bormoqda, - deydi Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti magistri Sitora Rahmonberdiyeva. - Mustaqil taraqqiyot yo‘lidan sobitqadamlik bilan odimlayotgan  mamlakatimiz hayotida nihoyatda muhim jarayonlar ro‘y bermoqda. Yurtimiz rivojining yangi davri boshlanib,  xalqimizning huquqiy demokratik davlat va taraqqiy etgan fuqarolik jamiyatini barpo etishga qaratilgan  azmu-qarori  eskirgan  aqidalardan tamoman voz kechish  va   zamonaviy tafakkurni shakllantirishni davr talabiga aylantirdi. Bugungi kunda o‘zbek falsafasining vujudga kelishi falsafiy tafakkurning yangilanishi nafaqat umumiy ma’naviy muhitning, balki har bir jamiyat a’zosining ijtimoiy qiyofasi, ruhiy dunyosi, maqsad va ehtiyojlarining o‘zgarishi hamdir. Falsafa barcha fanlarning otasi. Falsafani bilmaydigan odam - meditsina yoki ta’lim, san’at yoki madaniyat sohasi vakili bo’ladimi, bundan qat’iy nazar - hayotning, o‘z kasbining ma’no-mazmunini yaxshi tushunmaydi.  Misol uchun, tarixni tahlil qilish uchun har bir voqea va jarayonga falsafiy  qarash, ularni umumlashtirgan holda  zarur xulosalar chiqara olish kerak. Shu bois har bir soha vakili bo’lishi uchun falsafiy tafakkur qobiliyatiga ega bo‘lish darkor.

    Ma’lumki, falsafa umuminsoniy fan sifatida bashariyatga doir muammolarni qamrab oladi. Ammo har qanday umuminsoniy mavzu va muammolar avvalo, xususiy, milliy, mintaqaviy ahamiyatga molik, muayyan xalq hayoti, uning tarixi va taqdiri, tafakkuri va dunyoqarashi bilan bog’liq  masalalar tarzida namoyon bo’ladi. O‘zbek falsafasi ham shunday, u ham xalqimiz bilan birga shakllangan, tarix silsilalari, zamona zayllari, turli ijtimoiy va siyosiy jarayonlar orasidan o‘tib, muttasil yangilanib va takomillashib borgan. Bu esa, o‘z navbatida, umuminsoniy fan bo‘lgan falsafada milliylik, ya’ni biror bir xalq dunyoqarashi va tafakkuriga xos xususiyatlar muqarrar tarzda aks etishini anglatadi.Shu o‘rinda o‘zbek falsafasini ham qaysi davrlar rivojlanganligi, bugungi Yangi O‘zbekistondagi faoliyati va takomillashi bizning bevosita muvaffaqiyatimizdir.

    Tadqiqotchi “O‘zbek falsafasining shakllanishi va rivojlanishi” mavzusida ilmiy tadqiqot olib boradi.  Mazkur mavzu bo‘yicha 20 ga yaqin maqolalari respublika va xalqaro nashrlarda chop etilgan. Ilmiy rahbari falsafa va milliy g‘oya kafedrasi mudiri, professor Soibnazar Karimov.

 

Iroda Bekmurodova

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi.

Shavkat Akramov olgan suratlar.