Samarqand davlat universitetida o‘tkazilgan “Viloyat hokimi fan olimpiadasi” g’oliblari taqdirlandi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida Yoshlar festivali doirasida “Viloyat hokimi fan olimpiadasi” o‘tkazildi. Olimpiada ona tili va adabiyot, tarix, tojik tili va adabiyoti fanlaridan ochiq, shaffof ruhda o‘tkazildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra faxrli o‘rinlarni zabt etgan iqtidorli o‘quvchi yoshlar uchun taqdirlash marosimi tashkil etildi.
Tadbirni Samarqand davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Ahmadjon Soliyev kirish so‘zi bilan ochib, barcha ishtirokchilarni olimpiadaning mazkur bosqichiga qadar yetib kelganligi bilan muborakbod etdi.
- Bugungi olimpiada juda ham ko’tarinku ruhda o’tkazildi, - deydi Pastdarg’om tumani 28-IDUM o‘quvchisi Jo‘rabek Muhammadiyev. – Hozir juda ham hayajondaman. Savollar orasida faqat aniq faktlar emas, balki kishini o‘ylantiradigan mantiqiylari ham bor. Albatta bu bizni mantiqiy fikrlashimizni yanada o‘stirish uchun xizmat qiladi. Bugungi olimpiada ishtirok etganimdan juda ham xursandman.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.
Shavkat Akramov olgan suratlar.