Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti talabalari Buxoro viloyati cho‘l hududlariga ekspeditsiya uyushtirdi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti talabalari Hindistonning Oligarx Muslim universiteti o’qituvchisi Mohdn Nazish Khan va fakultet doktorantlari hamrohligida Buxoro viloyatining cho’l hududlariga ekspeditsiya uyushtirdi.
Ekspeditsiya davomida Malik cho’li sarhadlarining geografik sharoitlari, xususan, geomorfologiyasi, iqlimi, tuprog’i, o’simlik dunyosi va geoekologik muammolari tadqiq etildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.