inson shaxsining daxlsizligini, uning haq-huquq va erkinliklarini, sha’ni va qadr-qimmatini mutahkamlaydi va kafolatlaydi...

    Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Senator, Konstitutsiyaviy komissiya a’zosi Rustam Xolmurodovning “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan navbatdagi muloqoti Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan o‘tkazildi.

    Tadbirni Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Rahmat Mamatov kirish so‘z bilan ochdi.

    Rustam Xolmurodov “Inson-jamiyat-davlat” degan tamoyil asosida keng jamoatchilik tomonidan berilgan takliflardan kelib chiqib, "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni mazmun-mohiyati, har bir bob va moddaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdi.

    Mazkur qonun loyihasi bilan Konstitutsiyamizning 60 dan ortiq moddalariga 200 dan ortiq tuzatishlar kiritilishi nazarda tutilayotganligi aytib o‘tildi. Xususan, Konstitutsiyaviy tuzatishlar bilan bosh qonunimizdagi me’yorlar, avvalambor, jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlariga mansub bo‘lgan fuqarolarning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlari hamda manfaatlarini ta’minlashga va  himoya qilishga qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan normalarga aylanishi alohida ta’kidlandi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.