Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati mahalla faollari bilan o‘tkazildi

Samarqand shahar “Mehnat”, “Ipak yo‘li”, va “Baraka” mahallalarida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Samarqand davlat universiteti kimyo fakulteti dekani Noryigit Musulmonov mahalla faollarining kiritilayotgan o‘zgartirishlar bo‘yicha munosabatlari va takliflarini muhokama qildi.
Qonun loyihasi muhokamasida mahalla faoliyatining bugungi ahvoli, yangilanayotgan O‘zbekistonda mahallalarning o‘rni va vazifalari, Konstitutsiyada mahalla tizimiga kiritilayotgan o‘zgarishlar va yangilanishlarning mazmun-mohiyati haqida fikr almashildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.