Siz uchun foydali bo’lgan qoidalar

  1. Agar siz bu kun chegarasida yashamas ekansiz, zehningiz tarqoq bo‘lib, har ishda iztirobga tushasiz, g‘am-qayg‘ularingiz ko‘payadi . «Tongga kirsang, tunni kutma, tunga kirsang, tongni kutma».
  2. O‘tmish g‘am-g‘ussalarini unuting, o‘tmishdagi ishlar uchun g‘am chekish ahmoqlikdir.
  3. Kelajak tashvishini ham hozirdan chekmang. Chunki u g‘ayb olamidir, kelajak kelguniga qadar u haqida o‘ylashni tashlang.
  4. Birovlarning tanqidlariga parvo qilmang, solih amallar qilishda sobitqadam bo‘ling. Tanqid sizning qiymatingizni baholaydi.
  5. Allohga iymon keltirish, solih amal qilish go‘zal, baxtli hayot garovidir.
  6. Osoyishtalik, xotirjamlik va rohatni istagan kishi Allohni ko‘p yod etsin.
  7.  O‘zgalardan minnatdorchilik kutmang.
  8.  Nafsingizni eng yomon oqibatlar ehtimolini ham ko‘tara olishga o‘rgating.
  9.  Balki o‘sha ish... sodir bo‘lsa, uning ortida siz uchun yaxshilik bordir.
  10.  Rabbingiz sizga ato etgan neʼmatlar haqida fikr qiling va unga shukr qiling.
  11.  Siz o‘zingizga berilgan imkoniyatlar bilan odamlarning ko‘pidan ustun ekaningizni biling.
  12.  Har ikki soat oralig‘da farovon hayot bordir.
  13.  Inson boshiga tushgan musibat uni duo qilishga, Parvardigoriga bog‘lanishga undaydi.
  14.  Musibatlar aql va qalbning malhamidir.
  15.  Albatta qiyinchilik ortidan yengillik ham bor.
  16.  Arzimas sinovlarga ruhiyatingiz sinib, taslim bo‘lib qolmang.
  17.  Parvardigoringizning mag‘firati kengdir.
  18.  G‘azablanmang! Hech qachon g‘azablanmang.
  19.  Sizni xavotirga solayotgan ishlarning ko‘pi amalda yuz bermaydi.
  20.  Musibat egalaridan ibrat oling.
  21. G‘am-qayg‘uni arituvchi vird va duolarni ko‘p takrorlab yuring.
  22.  Kerakli va foydali amallar bilan mashg‘ul bo‘ling, bekorchilikni tark eting.
  23.  Har xil ig‘voyu mishmishlardan yiroq bo‘ling, asossiz va dalilsiz hech qachon ularga ishonmang.
  24.  Adovatga o‘ch olishga bo‘lgan tashnalik dushmaningizdan ko‘ra o‘zingizning sog‘ligingizga zarardir.

 

Muxtasam Sulaymonov

Samarqand davlat universiteti

psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi