Xorijlik o‘qituvchilar fakultetga tashrif buyurdi…

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti dekani Isobek Shermanov va mazkur universitetning umumiy psixologiya kafedrasi mudiri Obid Qodirov 7-12-iyul sanalarida Boku davlat universitetida xizmat safarida bo‘ldilar.
Mehmonlar Boku davlat universitetida fan va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Huseyn Mammadov bilan uchrashdi. Keyinchalik samarqandlik olimlar ijtimoiy fanlar va psixologiya fakultetida bo‘lib, rahbariyat va kafedra mudirlari bilan o‘zaro tajriba almashish, ilmiy-pedagogik hamkorlikning turli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.
So‘ngra o‘zbekistonlik mehmonlar fakultetning tarkibiy bo‘linmalari bilan yaqindan tanishib, falsafa tarixi va madaniyatshunoslik, falsafa va psixologiya kafedralari xodimlari bilan kelgusidagi ilmiy hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Yakunda mehmonlar samimiy qabul va mehmondo‘stlik uchun ijtimoiy fanlar va psixologiya fakulteti dekani va fakultet tuzilma rahbarlariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Boku davlat universiteti veb sahifasidan olindi.
SamDU doktoranti Bayram Bilir tarjimasi.