Amaliy ishlar davri: SamDU tadqiqotchilarining Vengriyada doktoranturada tahsil olishlari va ularning mavzulari kelishib olindi…

Avval xabar berganimizdek, Vengriyaning Seget universiteti olimlari SamDUda bo‘lib turibdi. Safar davomida ikki universitet o‘rtasida ishonchli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muayyan natijalarga erishildi.
Jumladan, SamDU ning biologiya fakulteti tadqiqotchilari Nodir Boboqandov va Abdubakir Qo‘shboqovning Seget universitetida doktoranturada tahsil olishlari, dissertatsiya mavzulari va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo’yicha kelishib olindi. Bu borada SamDU va Seget universiteti olimlari Qizilqum cho‘liga safar uyushtirib, dala sharoitida geobotanik tadqiqotlarni o‘tkazishdi.
Seget universiteti tomonidan Dr. Orsolya Valko, Dr. Chaba Tolgesi va SamDU agrobioxtexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti dekani, dotsent Toshpo‘lot Rajabov yuqoridagi tadqiqotchilarining ilmiy ishlariga rahbarlik qiladilar.
Maʼlumot uchun, Seget universiteti dunyo universitetlari reytingida 551 o‘rinni egallagan.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.