Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitet rektorining buyrug‘iga ko‘ra Yarmuxamedov Akmal Sharapovich Samarqand davlat universitetining Muhandislik fizikasi instituti direktori lavozimiga tayinlandi.

    Akmal Yarmuxamedov 1988-yilda Moskva muhandislik-fizika institutini tamomlagan. Fizika-matematika fanlari nomzodi.

    Mazkur tayinlovga qadar u Samarqand davlat universiteti ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.