​Darslik “Tuproq biologiyasi va ekologiyasi” fani dasturiga muvofiq tuzilgan bo‘lib,  agrokimyo va agrotuproqshnoslik, tuproqshunoslik ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan.

    Ushbu darslikda tuproq biologiyasi fani paydo bo‘lishi, rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlar, tuproq biotasi haqida tushuncha, tirik shoxliklar va ularning bo‘linishi, haqida ma’lumotlar berilgan. Darslikning birinchi bo‘limida tuproq suv o‘tlari ularning guruhlari, yuksak o‘simliklar, lishayniklar, zamburug‘lar ikkinchi bo‘limida tuproq hayvonlari, ularning umumiy tasnifi va tuproqda yashovchi sodda hayvonlardan tortib sut emizuvchilargacha bo‘lgan hayvonlar tasniflangan. Uchinchi bo‘limda prokoriotlar olami tuproqda yashovchi mikroorganizmlar, ularning tasnifi, taksanomik birliklari, viruslar haqida ochiqlangan. To‘rtinchi bo‘limida tabiatda azotning, kislorod va uglerodli birikmalarning aylanishi va ularda ishtirok etuchi mikroorganizmlar, fotosintez, xemosintez kabi mavzular yoritilgan. Beshinchi tuproqning ekologik aspekti bo‘limida tuproqning ekologik funksiyasi, uning biosferadagi asosiy vazifalari, tuproq organizmlarning yashash muhiti tuproq hosil bo‘lishining biologik jarayonlari, o‘simlik qoldig‘ining chirishi va to‘shamaning shakllanishi, gumusning hosil bo‘lishi va parchalanishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Oltinchi bo‘lim tuproq eroziyalari va tuproqni muhofaza qilishga bag‘ishlangan.Yettinchi bo‘limida tuproqning ifloslanishi va o‘zini-o‘zi tozalashi haqidagi mavzular batafsil yoritilgan.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati