Toshkent shahrida O'smirlar va yoshlar oʼrtasida og’ir atletika bo’yicha Osiyo chempionati o’tkazilmoqda.

    Samarqand davlat universiteti talabalari, Iraklon shahrida  Yoshlar o’rtasida o’tkazilgan Jahon chempionati g’olibi Sharofiddin Amriddinov va Hojiakbar Olimovlar ham ishtirok etmoqda.

    Bugun Hojiakbar Olimov o’z chiqishlari bilan oltin va ikkita kumush medalga sazovor bo’ldi.

    Dast ko’tarishda 145 kg. tosh ko’tarib, kumush medalni, siltab ko’tarishda 192 kg. bilan oltin medalni, umumiy ikki bahs hisobiga ko’ra esa 337 kg. toshni ko’tarib kumush medalni qo’lga kiritdi.

    Eslatib o’tamiz, ertaga Sharofiddin Amriddinov mazkur musobaqadagi o’z chiqishlarini boshlaydi.

    Samarqand davlat universiteti jamoasi ushbu g’alaba bilan Hojiakbar Olimovni mubarakbod etadi.

 

Behruz Shamsiddinov

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi.