Bugun Samarqandda har kungidan biroz salqin ob-havo kuzatiladi

29-iyul kuni Samarqandda havo biroz o’zgarib turadi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 m/s tezlikda esadi. 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zon bo’lishi ham mumkin.
Harorat kunduzi 34-36 daraja issiq, kechasi 23-25 daraja iliq bo’lishi kutilmoqda.