Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti  ushbu xabar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

    Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti binosi eskirib qolganligi, bugungi kun talablariga javob bermasligi tufayli buzilgan. Hozirgi kunda mazkur fakultet uchun yangi, zamon talablariga javob beruvchi bino barpo etilmoqda. Shu sababdan darslar vaqtincha boshqa binolarda o‘tkazilgan.

    Videoda aks etgan bino esa yangi o‘quv yiliga qadar to‘liq qayta taʼmirlanishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, o‘quv yili yakunlanganligi tufayli u yerda rekonstruksiya ishlari boshlab yuborilgan.

    Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati barcha OAV uchun ochiq. Noxolis axborotlarni tarqatish maqsadga muvofiq emas. Axborotlarni chuqurroq o‘rganib, keyin ommaga taqdim etishni tavsiya etamiz. Bu borada hamkorlik qilishga tayyormiz.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.