Fan doktori, ilmiy unvonga ega fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) bir vaqtning o‘zida nechtagacha izlanuvchiga ilmiy rahbar yoki konsultant bo‘lishi mumkin?

Fan doktori bir vaqtning o‘zida to‘rttadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilarga ilmiy rahbar va konsultant bo‘lishi mumkin. So‘nggi uch yilda izlanuvchilari o‘z vaqtida himoya qilgan ilmiy rahbar va ilmiy konsultantlarga ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasalarining kollegial organi xulosasi asosida oltitadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilar biriktirilishi mumkin.
Ilmiy unvoni bo‘lgan fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) bir vaqtning o‘zida ikkitadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilishi mumkin. So‘nggi uch yilda izlanuvchilari o‘z vaqtida himoya qilgan ilmiy rahbarlarga taʼlim yoki ilmiy tashkilotning kollegial organi xulosasi asosida uchtadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilar biriktirilishi mumkin.
Xorijiy fuqarolarga yoki fuqaroligi bo‘lmagan izlanuvchilarga o‘rnatilgan meʼyordan ortiq ilmiy rahbar yoki konsultantlar tayinlanishi mumkin (VMQ-545, 3-ilova 7 b)-band).