Kecha xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan hamda respublika davlat oliygohlariaro o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli yakunlangan edi.

    Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati maʼlum qilishicha, arizalarni ko‘rib chiqishda ko‘plab murojaatlarda tegishli hujjatlar to‘liq yuklanmagani, so‘ralgan hujjat o‘rniga boshqasi kiritilgani, turdosh bo‘lmagan yo‘nalish belgilangani hamda yana boshqa sabablarga ko‘ra rad etilgan.

    Shuni inobatga olib, 5 avgustgacha transfer.edu.uz tizimidan respublika davlat OTMaro o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalarga 10 avgustga qadar arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.