Bir necha talabgorlarning stajyor-tadqiqotchilikka, tayanch doktoranturaga va doktoranturaga kirish imtihonlari yoki suhbat natijalari bo‘yicha ular tomonidan to‘plangan yakuniy ballari teng bo‘lgan taqdirda quyidagi talabgorlarga ustunlik beriladi: 

    a) stajyor-tadqiqotchilik va tayanch doktoranturaga:

- magistraturani aʼlo baholar bilan tamomlaganlar; 

- mualliflik guvohnomalari va patentga ega bo‘lganlar; 

- jurnallarda, shu jumladan xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etganlar

    b) doktoranturaga: 

- 5 yildan ortiq ilmiy-pedagogik stajga ega bo‘lganlar; 

- mualliflik guvohnomalari va patentga ega bo‘lganlar; 

- monografiya (ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun), talabgorning dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tegishli ilmiy jurnallarda, shu jumladan xorijiy jurnallarda chop etilgan soni bo‘yicha (boshqa talabgorlarga nisbatan) ko‘p miqdorda ilmiy maqolaga ega bo‘lganlar; 

- dissertatsiya tadqiqoti hajmining 50 foizdan ko‘p qismini bajarganlar (VMQ-304, 2-ilova 3-bob 24-band).