Samarqand davlat universitetida o‘quv jarayonlarini kredit-modul tizimida tashkil etishni takomillashtirish bo’yicha mas’ullar uchun sayyor seminar-trening tashkil etildi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy va professional ta’lim integratsiyasini ta’minlash bo‘lim boshlig‘i Vohidxon Zayniddinov ishtirokida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining o‘quv ishlari bo‘yicha mas’ullari uchun 2 kunlik seminarga start berildi.
Treningda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari, o‘quv-me’yoriy hujjatlar, kredit-modul tizimi va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.