Iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishini ta’minlash, mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, innovatsiyalarni joriy etish, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash, yetuk mutaxassislarni tayyorlashda alohida ibrat ko‘rsatayotgan, shuningdek, biznesdagi muvaffaqiyatlari hamda ijtimoiy faolligi bilan barchaga namuna bo‘layotgan quyidagi samarqandlik tadbirkorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi bilan “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi:

    Boltayev Odiljon Olimjonovich – Samarqand viloyatidagi “Azia metall prof” MCHJ rahbari;

    Kuchkarova Gulbeka Allamuratovna – Samarqand viloyatidagi “Beka Charos” xususiy korxonasi rahbari;

    Niyazova Maryam Kadirovna – Samarqand viloyatidagi “Kumush tola” xususiy korxonasi rahbari;

    Omonova Nilufar Jo‘rabek qizi – Samarqand viloyatidagi “Grand capital developments” MCHJ rahbari;

    Urakov Xaydar Muxamadiyevich – Samarqand viloyatidagi “Navobod naslli parranda” fermer xo‘jaligi boshlig‘i;

    Xamdamov Shuxrat Sodikovich – Samarqand viloyatidagi “Sam Rafoat tekstil” MCHJ rahbari;

    Sharipov Shavkat Uktamovich – Samarqand viloyatidagi “Sharq sanoat” konserni rahbari.